63
O‘zbekiston sun’iy intellekt, kibernetika, texnologiya sohalarida Eron bilan tajriba almashadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, prezidentlar tor doiradagi uchrashuv yakunlarini yuqori baholadi hamda kuni kecha O‘zbekiston va Erondan 200 nafardan ziyod tadbirkorlar ishtirokida o‘tgan biznes-forum natijalarini olqishladi. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konstruktiv muloqot va parlamentlarimiz o‘rtasida yaqin hamkorlik olib borilayotgani ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy sohada o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib borayotgani kuzatilmoqda. Mamlakatlarning transport-tranzit kommunikatsiyalaridan foydalanishni kengaytirish ishbilarmonlik aloqalarining faollashishi va yuk tashishlarning ortishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Innovatsiyalar, sun’iy intellekt, nanotexnologiyalar, kibernetika, texnologiyalar transferi kabi sohalarda tajriba almashish muhimligi qayd etildi. Hududlararo hamkorlik rivojlanayotgani, jumladan, Buxoro viloyati va Hamadon ustoni, Samarqand va Isfaxon shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilayotgani qo‘llab-quvvatlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlarning ko‘payishi ishbilarmonlik aloqalari va o‘zaro sayyohlar oqimining ko‘payishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi. Madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi fondlarida saqlanayotgan qadimgi qo‘lyozmalarni chuqur o‘rganish uchun qo‘shma ilmiy guruh tuzishga kelishib olindi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari bir qator qo‘shma “yo‘l xarita”larini tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Angela Merkel Trampning saylovdagi g‘alabasidan xafa bo‘lganini tan oldi