iPhone 6 va iPhone 6 Plus egalari Apple’ga nisbatan da’vo qo‘zg‘adi
1 daqiqa o'qish5.2K


iPhone 6 va iPhone 6 Plus egalari San-Xosedagi federal sudda Apple’ga nisbatan smartfon dizaynidagi nosozlik ekran qotib qolishi va qurilmalar yaroqsiz holga tushishiga olib kelayotgani ko‘rsatilgan jamoaviy da’vo kiritdi. Bu haqda «RBK»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.
Uch nafar da’vogar — Todd Kliri, Yun Bay va Tomas Devidson yangi smartfonlarda ekran qotib qolayotganini Apple iPhone 5 da qo‘llagan metall «qalqon»dan foydalanmaslikka qaror qilgani bilan bog‘lamoqda. Ular kompaniyani firibgarlik va iste’molchilar huquqi to‘g‘risidagi qonunlarni buzishda aybladi hamda tovon talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, «Tach kasalligi» (Touch Disease) faqat iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlarida foydalanganidan taxminan bir yil o‘tib paydo bo‘ladi. Ekran qo‘l tegishiga javob bermay qo‘yadi, yuzasida oq chiziqlar paydo bo‘ladi. Ekranning almashtirilishi mazkur muammolarni hal etmaydi.
- #iPhone 6
- #iPhone 6 Plus
- #San-Xose
- #Federal Sud
- #Apple
- #Smartfon Dizayni
- #Nosozlik
- #Qurilmalar
- #Jamoaviy Da'vo
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar



























Izohlar0
…