
Facebook asoschisi Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan sog‘liqni saqlash sohasidagi tadqiqotlarga 3 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirmoqchi, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Ma’lum qilinishicha, bu mablag‘ 10 yil davomida xayriya sifatida ajratiladi.
Birinchi sarmoyalar Biohub tibbiy ilmiy-tadqiqot markazini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi va 600 mln dollarni tashkil qiladi. Biohub markazi Stenford universiteti, San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti va Berkli universiteti hamkorligi doirasida yaratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar