Beeline ICTExpo 2016 axborot-kommunikasiya texnologiyalari ko‘rgazmasi natijalari haqida xabar beradi. AKT sohasida yilning asosiy voqeasi natijalariga ko‘ra tashkilotchilar tomonidan kompaniya “Eng innovasion stend uchun” nufuzli nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi va bu brendning innovatsionligi va mijozlarga bo‘lgan moyilligini to‘liq aks ettiradi.
Voqeani sharhlat ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Shunday yuksak va obro‘li darajada Beeline‘ning innovasion etakchiligi yana bir bor isbotlanganidan g‘ururlanamiz. AKT haftasi yana barcha ishtirokchilarni o‘zining kuchli energetikasi, unumdorligi va drayvi bilan hayratlantirdi va ilhomlantirdi. ICTExpo 2016 kabi texnologik maydonchada innovasiyalar sohasida g‘olib bo‘lish - bu nafaqat jiddiy e’tirof, balki ishonchning muhim nasiyasidir, va biz bor kuchimiz bilan uni oqlashga harakat qilamiz”.
Eslatib o‘tamiz, bu yili Beeline ekspozisiyasi kvest-rum shaklida ifodalangan bo‘lib, uning ishtirokchilari o‘zlarining digital-imkoniyatlarini ishga solib qiziqarli topshiriqlarni echishdi va sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi. Beeline stendida ular o‘zlarining SIM-kartalarini zamonaviy USIM kartalariga almashtirdilar va Beeline‘ning yuqori tezlikdagi 4G Internetining imkoniyatlaridan foydalana oldilar. Demo-nuqtalarda LTE standartida ishlovchi zamonaviy devayslar taqdim etilgan bo‘lib, unda barcha istovchilar o‘z smartfonlariga ko‘rgazmada kompaniya tomonidan taqdim etilgan innovatsion mobil ilovalarni o‘rnatish va sinab ko‘rish, shuningdek o‘zlarining yorqin va qiziqarli fotosuratlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishish imkoniga ega bo‘ldilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi