Evropadagi eng tezkor internetga ega mamlakat nomi e’lon qilindi


Norvegiya Yevropa mamlakatlari orasida internet tezligi bo‘yicha reytingda Shvetsiyaning o‘rnini egalladi, deb yozmoqda "Kun.uz" sayti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Norvegiyadagi internetning o‘rtacha tezligi 2015 yil bilan qiyoslaganda 55 foizga ko‘tarilgan. Shunga qaramay, Norvegiya 20,1 Mbit/soniya ko‘rsatkich bilan bu boradagi jahon yetakchisi Janubiy Koreyani (27 Mbit/soniya) ortda qoldira olmagan.
Uchinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan Hongkongda internet tezligi 19,5 Mbit/soniyani ko‘rsatgan bo‘lsa, Shvetsiyadagi internet tezligi — 18,8 Mbit/soniyani tashkil etmoqda.































Izohlar 0
…