Trampning bojlari sababli iPhone narxi 30 foizga qimmatlashishi mumkin

1 daqiqa o'qish399
Trampning bojlari sababli iPhone narxi 30 foizga qimmatlashishi mumkin
Apple'ning yangi smartfonlari AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining bojxona to‘lovlari sababli 30 foizga qimmatlashishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik so‘rovnoma o‘tkazgan tahlilchilarning fikricha, Apple o‘z mahsulotlari, jumladan iPhone narxini 30-40 foizga oshirish orqali bojxona to‘lovlarining salbiy ta’sirini yumshatishi mumkin. Counterpoint Research kompaniyasi rahbari Nil Shoh aytishicha, import bojxona to‘lovlarini qoplash uchun Apple narxlarni uchdan birga oshirishga majbur bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Apple ishlab chiqarishning bir qismini Xitoydan Hindiston va Vyetnamga ko‘chirgan, biroq bu mamlakatlar ham tegishli ravishda 26 va 46 foizlik bojxona to‘lovlari joriy etgan. “Bizning bashoratimizcha, Apple smartfonlar narxining sezilarli darajada oshirilishini iPhone 17 chiqishi kutilayotgan kuzga qoldiradi”, deydi tahlilchi Anjelo Zino.

Rosenblatt Securities tahlilchilari bashoratiga ko‘ra, Apple'ning eng arzon smartfoni — iPhone 16e narxi 599 dollardan 856 dollargacha ko‘tarilishi mumkin. O‘z navbatida, iPhone 16 narxi 799 dollardan 1142 dollargacha, 1 terabaytli xotiraga ega flagman iPhone 16 Pro Max esa 1599 dollardan 2300 dollargacha qimmatlashadi.

Nufuzli ichki ma’lumotlar manbasi Min-Chi Ko Apple AQSHdagi import bojxona to‘lovlariga qarshi kurashish maqsadida mahsulot narxini oshirishi yoki Hindistonda ishlab chiqarishni kengaytirishi mumkin.

Foto: Reuters
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?