22:02 / 15.03.2015
5 327

iPhone’ning yangi modeli chiqishidan oldin eskilari sekinroq ishlashni boshlashi aniqlandi

iPhone’ning yangi modeli chiqishidan oldin eskilari sekinroq ishlashni boshlashi aniqlandi
Apple kompaniyasi har yili yangi smartfon ishlab chiqaradi. Bunda iPhone’ning yangi modeli ko‘proq takomillashganroq deb aytiladi. Smartfonning unumdorligi oshgan sari uning narxi ham oshib bormoqda. Ko‘pchilik foydalanuvchilar Apple smartfonlarida shunday bir jihatni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi – yangi model sotuvga chiqishidan oldin eskilari sekinroq ishlashni boshlaydi. blackbag.gawker.com sayti muallifi Sem Bidl bu tasodifmi yoki yo‘qligini aniqlashga bel bog‘ladi.

Apple qurilmalari ma’lum vaqt oralig‘ida yangilanib, bozorga chiqariladi. Yangi smartfonning chiqarilishidan taxminan yarim yil oldin kompaniya keyingi smartfonning chiqarilishi muddatlarini ma’lum qiladi. Bu esa, siz dunyodagi eng zo‘r yaxshi smartfonni sotib olganingizdan bor-yo‘g‘i bir necha oydan keyin u eskirib, siz avval orzu qilgandek, yorqin va zamonaviy bo‘lmay qoladi. Aynan shu haqda Sem Bidl o‘zining maqolasida fikr yuritadi.

«Apple o‘zining dong‘i ketgan kuchli reklama kampaniyasi va genial marketingi bo‘lmaganda, ko‘pchilik foydalanuvchilar o‘z smartfonlarini ikki-uch yildan tezroq vaqt ichida almashtirishni xohlamagan bo‘lishardi. Biroq Tim Kukning kompaniyasini bunday muddatlar aniq qoniqtirmaydi», deb yozmoqda muallif.

Cem Bidl o‘z maqolasida The New York Times jurnalisti Katerin Rempl maqolasiga iqtibos keltiradi. Quyida maqoladan parcha keltirilgan:
“Avval men buni shunchaki xayol deb o‘yladim. iPhone 5S va 5C chiqishidan oldin mening iPhone 4 smartfonim sekinroq ishlashni boshladi, uning batareyasi esa oldingidan bir necha marotaba tezroq quvvatsizlanib qolishni boshladi. Bir qancha vaqtdan keyin bunday muammoga ko‘pchilik duch kelganini bildim. Men kompaniyaning texnik mutaxassisiga ushbu masala bo‘yicha murojaat qildim, u esa menga shunchaki mening smartfonim yangi iOS7 operasion tizimini tortmayotganini, qurilmamdagi batareya esa ma’lum bir quvvatlashlar sikliga mo‘ljallanganini aytdi. Yangi batareyaning narxi 79 dollar, yana 20 dollar to‘lab o‘zimga yangi iPhone 5S sotib olishim mumkin edi. Shu tariqa, Apple menga smartfonimni almashtirish vaqti kelganini tushunishimga ishora qilib qo‘ydi”, deb yozadi jurnalist.

“O‘z iPhone smartfoningizning operasion tizimini har gal yangilaganingizda, siz uning sekinlashishiga sabab bo‘lasiz, yangi proshivka esa yangi smartfon e’lon qilinishi yoki savdoga chiqishiga yaqin taqdim qilinadi”, deb ta’kidlaydi Bidl.

Bu ahyon-ahyonda bo‘ladigan hodisa emas, balki global muammo ekanligiga yana bir tasdiq bo‘lib, yangi model chiqishidan oldin Google’da “sekin ishlaydigan iPhone” so‘rovi sonining oshishi isbot bo‘ladi oladi.

Bu videoda iPhone ning aynan bir xil modeli yangi operasion tizimda oldingi operasion tizimga nisbatan qanchalik sekin ishlashi namoyish etilgan.

Ko‘pchilik Apple foydalanuvchilari kuzatgan yana bir muammo “klaviaturaning qotib qolishi” hisoblanadi. Gizmodo sayti muallifi Adam Kruchchi bu haqda quyidagilarni yozadi: “Operasion tizim yangilangandan keyin oddiy sms ni yozish ham amrimahol bo‘lib qoldi. Ekrandagi matn birinchi belgi yozilishi bilanoq qotib qola boshladi. Birozdan keyin qolgan simvollar ekranda paydo bo‘lar edi, biroq yozish paytida sen so‘zni to‘g‘ri yozyapsanmi-yo‘qmi bilib bo‘lmasdi”.

Apple ishqibozlari texnologiyalar rivojlanishi va yangi funksiyalarning qo‘shilishi bilan eski smartfonlarning unumdorligi kamayishidan qochib bo‘lmasligini aytishmoqda. Haqiqatan ham, oddiy kompyuterdan farqli o‘laroq, biz o‘z iPhone modelidagi telefonimizga qo‘shimcha tezkor xotira qo‘sha olmaymiz yoki prosessorni kuchlirog‘iga aylmashtira olmaymiz.

Manba: www.kun.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Texnologiya » iPhone’ning yangi modeli chiqishidan oldin eskilari sekinroq ishlashni boshlashi aniqlandi