date
views 114

Intel Arc videokartalarda samaradorlik pasayishi o‘rganilmoqda

Intel Arc videokartalarda samaradorlik pasayishi o‘rganilmoqda
Intel kompaniyasi Arc videokartalarining eski avlod protsessorlar bilan ishlaganda samaradorlikning pasayishi bo‘yicha foydalanuvchi shikoyatlari asosida tergov o‘tkazmoqda, deb 3DNews xabar berdi.

YouTube’dagi Hardware Unboxed kanali bu muammoni birinchi bo‘lib ko‘tardi. Uning testlariga ko‘ra, ayniqsa Intel B580 modeli quyidagi protsessorlar bilan sezilarli ishlash pasayishini ko‘rsatgan:

- Ryzen 5 2600
- Ryzen 5 5600
- Intel Core i5-9600K

Yuqoridagi tizimlarda GPU’ning ishlashi Ryzen 7 9800X3D kabi zamonaviy protsessorli tizimlarga nisbatan ancha past bo‘lgan.

Intel ushbu muammoni tan olib, rasmiy forumda quyidagicha bayonot berdi:

“Ayrim o‘yinlarda eski protsessorlar bilan ishlaganda videokartaning samaradorligi tushayotganiga oid xabarlardan xabardormiz. Biz test platformalarini kengaytirdik va optimallashtirish ustida ishlamoqdamiz.”

Shuningdek, muammo Resizable BAR funksiyasi bilan bog‘liq emasligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, Intel Arc videokartalari bu funksiyaga qattiq bog‘liq va boshqa brendlar, jumladan NVIDIA va AMD’dan farqli o‘laroq, tizimdan ko‘proq moslikni talab qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Intel Arc videokartalarda samaradorlik pasayishi o‘rganilmoqda