date
views 242

Tesla yurish masofasini sun’iy oshirishda ayblanmoqda

Tesla yurish masofasini sun’iy oshirishda ayblanmoqda
Tesla kompaniyasiga nisbatan AQShning Kaliforniya shtatida yurish masofasi (odometr) ko‘rsatkichlarini sun’iy ravishda oshirganlik ayblovi bilan sud ishi ochildi, deb yozadi Wylsa.com.

Dastlabki da’voni Nayri Hinton ismli fuqaro kiritgan. U ikki yil oldin Tesla Model Y xarid qilgan. Unga ko‘ra, mashina ishga borib kelish uchun foydalanilgan va atigi 6 oyda 21 ming kilometr bosib o‘tilgani qayd etilgan. Oldingi mashinalar esa shunday vaqtda 10 ming km ham yurmagan.

Hinton, mashina 80 ming km ga yetgach — asosiy kafolat muddati tugaydigan chegarada — bu “nakrutka” to‘xtaganini ta’kidlamoqda. Unga ko‘ra, Tesla maxsus ravishda kafolatdan chiqarish uchun yurish masofasini oshirgan bo‘lishi mumkin.

Reddit’dagi boshqa Tesla egalaridan ham shunga o‘xshash shikoyatlar tushgan, ammo bu holat birinchi marta sudgacha yetib keldi.

Da’vogarlik qilayotganlar ishni hay’at sudida ko‘rib chiqishni so‘ramoqda. Kompensatsiya miqdori esa keyin e’lon qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tesla yurish masofasini sun’iy oshirishda ayblanmoqda