
NVIDIA o‘zining eng kuchli professional videokartasi — RTX PRO 6000’ni rasman taqdim etdi, deb Pepelac News xabar berdi. Ushbu qurilma Blackwell arxitekturasi asosida yaratilgan bo‘lib, 96 GB GDDR7 xotiraga ega. Bu videokarta sun’iy intellekt hisob-kitoblari, rendering va ilmiy simulyatsiyalar kabi og‘ir vazifalar uchun mo‘ljallangan.
U Britaniyada 7 660 funt sterling, Yevropa mamlakatlarida 8 982 yevro, Kanadada esa 10 000 dollardan yuqori narxda sotilmoqda (taxminan 140 million so‘mdan yuqori).
Ushbu videokarta 24 064 ta CUDA-yadrog‘a ega bo‘lib, u Multi-Instance GPU texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa bir nechta mustaqil hisob-kitob muhitlarini yaratish imkonini beradi. RTX PRO 6000’ning xotira hajmi odatdagi o‘yin videokartalaridan uch baravar katta.
O‘yin uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da, RTX PRO 6000 videokartasi RTX 5090 darajasida o‘yinlarda ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda. Lekin uning asosiy vazifasi — AI va yuqori yuklamali hisoblash jarayonlari.
NVIDIARTX PRO 6000GDDR7 xotiraBlackwell arxitekturasiMulti-Instance GPUSun’iy intellekt O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar