
Qualcomm kompaniyasi 18 yadroli yangi Snapdragon X2 Elite chipsetini faol sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar berdi Roland Quandt Bluesky'da, deb Rozetked.me xabar berdi.
Ushbu chip SC8480XP kodi ostida test qilinmoqda va u Windows tizimidagi yuqori darajadagi ARM-noutbuklar uchun mo‘ljallangan.
Quandt'ga ko‘ra, flagman konfiguratsiya 64 GB operativ xotira va 18 ta yadroni o‘z ichiga oladi. Chip SiP (System-in-Package) texnologiyasida ishlab чиқiladi — bunda barcha komponentlar, jumladan xotira, bitta korpusga joylashtiriladi. Bu yondashuv Apple Watch’da ham qo‘llaniladi va foydalanuvchi tomonidan yangilanish imkonini yo‘qqa chiqaradi.
Rasmiy taqdimot 23 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Snapdragon Summit tadbirida bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar