Facebook, Microsoft, Twitter va YouTube terrorizmni targ‘ib qilishga qarshi kurashish uchun ekstremistik materiallar haqidagi yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni boshladi. Bu haqda korporasiyalarning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi «Daryo».
Qo‘shma bazada ekstremistlar tomonidan joylashtirilgan videoyozuv va grafik fayllarning o‘ziga xos identifikasiyaviy belgilari haqidagi ma’lumotlar saqlanadi.
«Bu hamkorlik terroristik kontentni internetda tarqatish global muammosiga qarshi kurashish siyosatimizning samaradorligini oshiradi deb umid qilamiz», — deyiladi bayonotda.
Materiallar ekstremistik xarakterga ega ekanligi haqidagi qarorni har bir kompaniya mustaqil ravishda qabul qiladi. Bunday ma’lumotlar avtomatik tarzda yo‘q qilinmaydi, har bir holatda tahlil qilinadi. Kompaniyalar, shuningdek, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari fosh etilmasligiga va’da bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi