Google rossiyaliklarning ma’lumotlarini Rossiyada saqlashga rozi bo‘ldi


Google korporatsiyasi rossiyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini Rossiya hududida saqlashga rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Tegishli axborot Rossiya aloqa va kommunikatsiyalar vazirligining 2015 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan majlisi chog‘ida ma’lum bo‘lgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, endi Google’ning data-sentrlari “Rostelekom” ixtiyorida saqlanadi.
Qayd etishlaricha, Google uskunalarni Rossiyaga joylashtirish bo‘yicha shartnomalarni imzolashni boshlaganiga bir yildan oshdi.
Avvalroq, Rossiya hukumati Google’ni yanada ko‘proq soliq to‘lashga majbur qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Manba: www.kun.uz































Izohlar 0
…