AQSH va Xitoy o‘rtasida bir necha oydan beri davom etayotgan muzokaralar o‘z samarasini berdi. Mamlakatlar o‘rtasida TikTok masalasi bo‘yicha asosiy kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi. AQSH Moliya vaziri Skott Bessentning ta’kidlashicha, kelishuvning yakunlovchi qarorlari Tramp va Xitoy rahbari Si Jinpingning muloqotidan so‘ng e’lon qilinadi.
Bu jarayon AQSHda TikTok faoliyati taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki oxirgi yillarda bu ilova milliy xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish masalalarida tortishuvlarga sabab bo‘lib kelayotgan edi.
Donald Tramp o‘zining Truth Social'dagi bayonotida muzokaralar juda samarali o‘tganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, yoshlar orasida mashhur bo‘lgan kompaniya masalasida kelishuvga erishilgani katta ahamiyatga ega. Tramp: «Amerika va Xitoy o‘rtasida Evropadagi yirik savdo uchrashuvi juda yaxshi o‘tdi. Mamlakatimiz yoshlari saqlab qolishni istagan kompaniya bo‘yicha kelishuvga erishildi. Juma kuni Prezident Si bilan muloqot qilaman», — deya ta’kidladi.
Kelishuv shartlari orasida TikTok'ning amerikalik investorlar ishtirokida qayta tashkil etilishi, AQSHning milliy xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilinishi va ma’lumotlar ustidan nazorat kuchaytirilishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, Oracle korporatsiyasi rahbari Larri Ellison asosiy xaridor sifatida tilga olinmoqda.
Xitoy delegatsiyasi rahbari Li Chenggangning ta’kidlashicha, kelishuv nafaqat TikTokning taqdirini hal etadi, balki ikki davlat o‘rtasida savdo va investitsiya sohasidagi to‘siqlarni qisman kamaytirishi mumkin. Biroq Pekin o‘z milliy manfaatlariga zid shartlarga hech qachon rozi bo‘lmasligini ochiq bildirgan.
TikTok va uning asosiy egasi ByteDance hozircha hech qanday sharh bermagan. Biroq aniqki, kelishuvsiz mazkur kompaniyaning AQSHda faoliyat yuritishi qiyin edi. Shu bois bu kelishuv nafaqat kompaniya, balki millionlab foydalanuvchilar uchun ham muhim ahamiyatga ega.
AQSH va Xitoy TikTok faoliyati bo‘yicha kelishuvga erishdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar