Amerikaning Apple korporasiyasi Hindiston hududida o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ruxsat olishga urinmoqda, deb yozgan Kun.uz nashri.
U Hindiston hukumatidagi manbalariga asoslangan holda shu haqda ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, korporasiya rahbariyati o‘tgan oyda shunday taklifni yuborgan. Apple o‘z mahsulotlari savdosini sezilarli oshirish va shu bilan Janubi-Sharqiy Osiyodagi bozorini kengaytirishni xohlamoqda. Nashrning yozishicha, bugungi kunda kompaniyaning Hindiston smartfonlar bozoridagi ulushi 5 foizdan oshmaydi.
"Apple Hindistonda Xitoyda erishilgan muvaffaqiyatidan o‘zib ketmoqchi", - deya manbasi so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
1976 yilda asos solingan Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari, iPad planshet kompyuterlari, iPod musiqa pleerlari, MacBook noutbuklari, iMac stol kompyuterlarini hamda boshqa yuqori texnologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Korporasiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi, uning bozor kapitallashuvi oktyabr oyi oxiriga ko‘ra, 620 mlrd AQSh dollaridan oshib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi