23:43 / 22.12.2016
6 212

Rossiyada tunda ko‘rsatish funksiyasiga ega kamerali Lumigon T3 cotuvga chiqarildi

Rossiyada tunda ko‘rsatish funksiyasiga ega kamerali Lumigon T3 cotuvga chiqarildi

2016 yilning 22 dekabr sanasida Rossiyada Daniya brendi hisoblangan Lumigon kompaniyasiga qarashli smartfonlar sotuvi boshlandi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Lumigon kompaniyasi shu yilning yoz oylarida Lumigon T3 modelini namoyish qilgan edi. Tunda ko‘rsatish funksiyasiga ega 2K HD kamera ushbu qurilmaning eng asosiy afzalliklaridan biri sanaladi. Ishlab chiqaruvchining qayd etishicha, Lumigon T3 bunday xususiyatga ega bo‘lgan jahondagi ilk smartfondir. Buning smartfonga 4 MPli maxsus kamera joylangan.

Qurilma korpusi zanglamas po‘latdan ishlangan, suv va chang kirishidan himoyalangan. HD formatidagi Super AMOLED ekranning diagonali 4,8 dyuymdan iborat. Asosiy kameraning aniqligi 13 MP (yana 4 MPli tungi ko‘rsatish kamerasi ham bor). Smartfon MediaTek Helio X10 prosessorida ishlaydi, 3 GB operativ va 128 GB doimiy xotiraga ega.

Lumigon T3 Standard Edition modelining narxi ayni paytda Rossiyada 69 990 rublni (1150 dollar) tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada tunda ko‘rsatish funksiyasiga ega kamerali Lumigon T3 cotuvga chiqarildi