21:46 / 27.12.2016
6 204

Beeline Andijonda tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline Andijonda tarmoqni kengaytirmoqda

Beeline Andijon viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi.

Voqeani sharhlar ekan Unitel‘ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi, abonentlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovasiya – bu kompaniyaning kelajagiga qo‘shayotgan xissamiz va uning etakchiligi garovidir. Mijozlarning ishonchi – har qanday biznesning asosiy qiymatidir, aloqa sifatini yaxshilash uchun barcha kuchimizni birlashtirgan holda, uni oqlashga harakat qilamiz”.

Xizmat ko‘rsatishning darajasi o‘sishi bilan bir qatorda yangi uskunalar tufayli Beeline tarmog‘ining hajmi sezilarli kengaydi. Qo‘shimcha quvvatlar o‘rnatilishi natijasida Andijon shahrining Amir Temur, Mirpo‘stin va Qo‘qon ko‘chalari bo‘ylab, shuningdek Andijon viloyatining Oltinko‘l va Xodjaobod tumanlarida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Andijonda tarmoqni kengaytirmoqda