date

Amazon Leo sunʼiy yoʻldoshlari Atlas V raketasida muvaffaqiyatli uchirildi

Amazon Leo sunʼiy yoʻldoshlari Atlas V raketasida muvaffaqiyatli uchirildi

United Launch Alliance (ULA) kompaniyasining Atlas V 551 raketasi Kanaveral burnidagi kosmodromdan muvaffaqiyatli start oldi. Mazkur missiya doirasida Amazon Leo loyihasiga tegishli 29 ta aloqa sunʼiy yoʻldoshi past yer orbitasiga olib chiqildi. AV-113 belgisi ostidagi ushbu parvoz Atlas V raketasining bugungi kunga qadar amalga oshirgan 109-missiyasi boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Amazon kompaniyasi oʻzining sunʼiy yoʻldoshlar turkumini koinotga chiqarish uchun ULA bilan jami 47 ta parvoz boʻyicha shartnoma imzolagan. Shundan 38 tasi Vulcan va 9 tasi Atlas V raketalariga toʻgʻri keladi. Vulcan raketasining tayyor boʻlishi kechikayotgani sababli, Amazon oʻzining ilk prototiplarini oʻtgan yili Atlas V yordamida uchirishga majbur boʻlgan edi.

Hozirda Amazon oʻzining birinchi avlod sunʼiy yoʻldoshlar turkumi uchun 108 dan ortiq raketa parvozini sotib olgan. Rejaga koʻra, past yer orbitasida 3200 dan ortiq qurilma joylashtiriladi. Amazon Leo loyihasi SpaceX kompaniyasining Starlink tizimi bilan raqobatlashishni va sayyoramizning chekka hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlashni maqsad qilgan.

Eʼtiborli jihati shundaki, ushbu muvaffaqiyatli startdan biroz avval Kanaveral burnida Blue Origin kompaniyasining ogʻir toifadagi New Glenn raketasi bilan bogʻliq jiddiy koʻngilsizlik yuz bergan edi. Sinovlar davomida yuz bergan portlash oqibatida raketa yoʻq qilingan, NASA maʼmuri Jared Isaacman vertolyot yordamida vayronagarchilik koʻlamini shaxsan koʻzdan kechirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Amazon Leo sunʼiy yoʻldoshlari Atlas V raketasida muvaffaqiyatli uchirildi