14:59 / 08.02.2017
6 122

YouTube’da smartfondan video translyasiya qilish imkoni paydo bo‘ladi

YouTube’da smartfondan video translyasiya qilish imkoni paydo bo‘ladi

YouTube videoservisidagi eng ommabop foydalanuvchilar portalda o‘z mobil qurilmalari yordamida translyasiya olib borishlari va buning uchun pul olishlari mumkin bo‘ldi. Bu haqda YouTube rasmiy saytida berilgan ma’lumotga tayanib Kun yozmoqda.

Unga ko‘ra, gap jonli efirda servis foydalanuvchilari smartfonlaridan tovush va tasvirlarni translyasiya qilish haqida bormoqda. Avvaliga ushbu funksiya 10 mingdan ortiq doimiy kuzatuvchiga ega YouTube foydalanuvchilariga taqdim etiladi. Keyinchalik esa undan barcha foydalanishi mumkin.

Videoservis xodimlarining ta’kidlashicha, “yuz minglab iste’dodli kishilar vositachilarsiz o‘z fikrlari bilan bo‘lishish, hayotlari va ijodlari haqida hikoya qilish imkoniga ega bo‘lishadi”.

YouTube bayonotida aytilishicha, bu tarzda translyasiya olib borish juda oson – bir necha tugmachalarni bosish kifoya. Shu bilan bir qatorda, bunday translyasiyalarga nisbatan servis yordamida yuklangan boshqa videolarga qo‘llaniluvchi harakatlarni amalga oshirish ham mumkin bo‘ladi.

Hujjatda aytilishicha, “jonli efirda videotranslyasiyada YouTube’ning ishonchli infratuzilmasi ishlatiladi”.

Videoservis saytida, shuningdek, Super Chat nomli boshqa funksiya haqida ma’lumot bor. U videotranslyasiya olib boruvchilarga pul ishlab topish imkoni beradi.

Bunda barcha foydalanuvchilar namoyish vaqtida o‘z izohlarini qoldirishlari mumkin bo‘lgani holda, Super Chat yordamida mablag‘ evaziga alohida xabarlarni e’lon qilish ham mumkin bo‘ladi. Ular ekranda uzoqroq – besh soatgacha qoladi va maxsus vizual effektlar bilan ko‘rsatiladi.

Kompaniya bunday xabarlarni joylashtirish qanchaga tushishiga oydinlik kiritmagan. Avvaliga Super Chat’ni o‘z videolari translyasiyasida yoqish va pul topish imkoni 20ta mamlakat fuqarolariga taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube’da smartfondan video translyasiya qilish imkoni paydo bo‘ladi