13 may kuni telekommunikasiya xizmatlarini taqdim etuvchi VimpelCom Ltd halqaro provayderi (O‘zbekistonda "Beeline" savdo belgisi) 2015 yil I choragining moliyaviy va operasion natijalarini taqdim etdi.
Davr natijalariga ko‘ra "Beeline" abonentlarining soni 10 356 000 kishini tashkil etdi. Mobil aloqasining bir abonenti uchun o‘rta statistik hisob 12 819 so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 14%ga ko‘p. Shunda MOU ko‘rsatgichi (bir oy davomida bir abonent sarflagan daqiqalar soni) 491 daqiqani tashkil etdi.
Respublika uyali aloqa bozoridagi etakchisining sof operasion foydasi yanvardan mart oyiga qadar 409 milliard so‘mni tashkil etdi.
"Avval e’lon qiliganidek, 2015 yildan boshlab O‘zbekistonda "Beeline" hisobotni shu erdagi valyutada taqdim etadi, shu bois bizning hisobotimiz mijozlarimiz uchun yanada qulay va tushunarli bo‘ladi, - deydi "Unitel" MChJ bosh direktori Vladimir Petrov. - Birinchi chorak mobaynida biz ko‘p narsani ulgurdik, ham xizmat ko‘rsatish borasida, agentlik tarmog‘imizni yaxshiladik, butun 3G tarmog‘i bo‘yicha innovatsion "Hozirlik effekti" HD-texnologiyasini ishga tushirdik. Yil so‘ngiga qadar yangi baza stansiyalarini ishga tushirish borasida yana ko‘p mehnat qilishimiz darkor, bizning jamoamiz bu maqsadga erishishiga ishonaman". “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...