2026 yil oxirlarida Moya ismli robot bozorda paydo bo‘lishi mumkin

DroidUp kompaniyasi Moya nomli yangi gumanoid robotini taqdim etdi. U 165 sm bo‘yga ega, vazni taxminan 32 kg ekani, shuningdek tana haroratini 32–36°C oralig‘ida ushlab turishi aytilmoqda. Bu detal robot bilan muloqotda “tirikroq” hissiyot berish uchun qo‘shilgani ta’kidlanadi.
Manbalarga ko‘ra, Moya atrofni idrok etishi, yuzlarni tanishi, mimika va mikroifodalarni ko‘rsatishi, suhbatdosh bilan ko‘z aloqasini ushlashi kabi funksiyalarga urg‘u berilgan. Shu sabab uni tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish kabi odam ko‘p bo‘ladigan joylarda ishlatish rejalari tilga olinmoqda.
Sotuvga chiqish muddati bo‘yicha ham “2026 yil oxiri” atrofidagi taxminlar bor. Narx masalasida esa manbalarda tafovut uchraydi: ayrim xabarlarda 1,2 million iyen (taxminan 7 800 dollar) deyiladi, boshqa ayrim manbalarda esa 1,2 million yuan haqida ham gap boradi — shuning uchun yakuniy narx e’lon qilinmaguncha bu raqamlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!