date

Samsung Galaxy S26 seriyasi rasman taqdim etildi

Samsung Galaxy S26 seriyasi rasman taqdim etildi

25-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Galaxy Unpacked 2026 tadbirida Samsung kompaniyasi o‘zining yangi flagmanlari — Galaxy S26, S26+ va S26 Ultra modellarini taqdim etdi. Bu galgi asosiy e’tibor sun’iy intellekt (AI) funksiyalari va yangi avlod kuchli protsessorlariga qaratilgan.

Galaxy S26 Ultra modelining asosiy xususiyatlari:

• Ekran: 6.9 dyuymli Dynamic AMOLED 2X.

• Protsessor: Snapdragon 8 Elite Gen 5 (3 nm).

• Xotira: 12/16 GB RAM hamda 256 GB dan 1 TB gacha ichki xotira.

• Akkumulyator va quvvatlash: 5000 mAh sig‘imli batareya, 60W tezkor quvvatlash (30 daqiqada 75% gacha).

• Kamera: 200 MP asosiy kamera va 5x periskop zoom, 8K video yozish imkoniyati.

• Boshqalar: Yangi Privacy Display texnologiyasi va 7 yillik dasturiy yangilanish kafolati.

Galaxy S26 va S26+ modellarining xususiyatlari:

• Ekran: 6.3 dyuym (S26) va 6.7 dyuym (S26+) AMOLED displeylar.

• Xotira: 12 GB RAM va 256 GB dan boshlanuvchi ichki xotira (Samsung 128 GB versiyadan butunlay voz kechdi).

• Akkumulyator: 4300 mAh (S26) va 4900 mAh (S26+).

• Kamera: 50 MP asosiy kamera.

Narxlar va sotuv sanasi: Yangi qurilmalarning boshlang‘ich narxlari: Galaxy S26 uchun $899.99, Galaxy S26+ uchun esa $1,099.99 etib belgilandi. Smartfonlar joriy yilning 11-martidan boshlab rasman sotuvga chiqariladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S26 seriyasi rasman taqdim etildi