
Kabel va efirga uzatilayotgan kanallarni onlayn ko‘rish imkonini beruvchi YouTube TV servisi Amerikaning beshta shahrida ishga tushdi. Bu haqda Gizmodo nashri xabar bermoqda, deb yozadi «Daryo» nashri.
YouTube servisidan Nyu-York, Los-Anjeles, San-Fransisko, Filadelfiya va Chikagoda foydalanish mumkin bo‘ldi. Servisga bir oylik ulanish abonentga 35 dollarga tushadi — bu kabel televideniesidan ikki marta arzonroqdir.
Avvalroq YouTube TV-kanallarni onlayn ko‘rish uchun pullik servisni ishga tushirishi haqida ma’lum qilingan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar