"SoftBank" ma'lumotlar markazlarini qurish uchun robotlar loyihasini 100 mlrd dollarga baholadi

1 daqiqa o'qish170
"SoftBank" ma'lumotlar markazlarini qurish uchun robotlar loyihasini 100 mlrd dollarga baholadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "SoftBank" yangi "Roze AI" kompaniyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, bu kompaniya server fermalarini qurish uchun autonom robotlardan foydalanishni maqsad qilgan.
  • Loyihaning bahosi 100 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda va 2026 yilning ikkinchi yarmida birja taklifiga tayyorgarlik ko'rilmoqda.
  • Biroq, analitiklar loyiha haqida shubhalar bildirmoqda, chunki kompaniya hali tayyor mahsulotni taqdim etmagan va qisqa muddatli IPO rejalariga nisbatan xavotirlar mavjud.

Yaponiyaning "SoftBank" konglomerati "Roze AI" nomli yangi korxonani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Startap AQShda server fermalarini qurishni tezlashtirish va arzonlashtirish uchun avtonom robotlardan foydalanishga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Uning birjaga chiqishdagi bahosi 100 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

"Financial Times" nashriga ko'ra, "SoftBank" "Roze AI" kompaniyasini 2026-yilning ikkinchi yarmida o'tkazilishi kutilayotgan dastlabki ommaviy taklifga (IPO) tayyorlashni boshladi. Loyihaning asosiy g'oyasi jismoniy infratuzilma yetishmovchiligi muammosini hal qilishdan iborat.

An'anaviy qurilish brigadalari o'rniga robotlar payvandlash, konstruksiyalarni yig'ish va og'ir yuklarni tashish bilan shug'ullanadi. Bu esa data-markazlarni kechayu kunduz qurish imkonini beradi.

"Wall Street Journal" ma'lumotlariga ko'ra, yangi kompaniya tarkibiga "SoftBank" so'nggi oylarda sotib olgan aktivlar kirishi mumkin. Ular orasida "ABB" robototexnika bo'linmasi va "Ampere Computing" chiplar ishlab chiqaruvchisi bor.

Ushbu quvvatlarni yagona ekotizimga birlashtirish orqali "SoftBank" asoschisi Masayoshi Son Amerika bozorida rekord darajadagi 100 milliard dollarlik bahoni oqlashga umid qilmoqda.

Og'ir sanoatni avtomatlashtirish tendensiyasi tobora ommalashmoqda. "Amazon" asoschisi Jeff Bezos ham shunga o'xshash qadamlarni tashlamoqda.

Uning 6,2 milliard dollar sarmoya bilan ishga tushirilgan "Project Prometheus" startapi ham sanoat sektorini modernizatsiya qilishga qaratilgan.

Biroq "SoftBank" tahlilchilari loyihaga shubha bilan qaramoqda. 2023-yilda "Zume" robo-pitseriyasining inqirozi investorlarni ehtiyotkorlikka chorlamoqda.

Hali tayyor mahsulotni taqdim etmagan kompaniyaning bunday qisqa muddatli IPO rejalari va yuqori baholanishi xavotir uyg'otmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?