date

Mail.ru Cloud iCloud-dan fayllarni cheksiz ko‘chirish imkonini beradi

Mail.ru Cloud iCloud-dan fayllarni cheksiz ko‘chirish imkonini beradi

VK kompaniyasi o‘zining «Mail.ru Cloud» bulutli xizmati uchun yangi funksiyani taqdim etdi. Endilikda foydalanuvchilar iCloud'dagi barcha fotosurat va videolarni o‘z bulutli xotirasiga hech qanday cheklovlarsiz va qo‘shimcha joy sarflamasdan ko‘chirib o‘tkazishlari mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu yangi imkoniyatdan foydalanish uchun foydalanuvchilar smartfonlariga «Mail.ru Cloud» ilovasini o‘rnatishlari va sozlamalar bo‘limida «Avtoyuklash» funksiyasini yoqishlari kifoya. Shundan so‘ng, galereyadagi barcha fayllar avtomatik tarzda sinxronizatsiya qilinadi.

Funksiya faollashtirilgach, u fonda ishlaydi va barcha yangi media fayllarni belgilangan papkaga avtomatik tarzda yuklab boradi. Bu jarayon foydalanuvchilarni fayllarni qo‘lda saralash va ko‘chirish kabi zerikarli ishlardan xalos etadi.

«Mail.ru Cloud» mahsulot yo‘nalishi rahbari Viktor Petrishchevning ta’kidlashicha, xotiralar va qadrli lahzalarni saqlab qolish har bir foydalanuvchi uchun muhim ahamiyatga ega. Yangi yangilanish esa raqamli albomlardagi tartibni saqlash va fayllarga istalgan qurilmadan tezkor kirish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Mail.ru Cloud iCloud-dan fayllarni cheksiz ko‘chirish imkonini beradi