Starship parvozi yana kechiktirildi: yangi sana maʼlum boʻldi

SpaceX kompaniyasi oʻzining oʻta ogʻir Starship raketasini navbatdagi sinov parvoziga chiqarishni 15-maydan oldin amalga oshirmasligini maʼlum qildi. Bu haqda kompaniya faoliyatini yaqindan kuzatib boruvchi va Elon Musk tomonidan ham tez-tez tilga olinadigan Dima Zeniuk xabar berdi. Avvalroq parvoz 12-mayga rejalashtirilgan edi, biroq muddat yana ortga surildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu sinov parvozi doirasida SpaceX mutaxassislari Super Heavy tezlatgichi hamda Starship yuqori bosqichining ishlashini tekshirishni davom ettiradi. Dasturga koʻra, bosqichlarning ajralishi, atmosferadagi manevrlar va boshqariladigan qoʻnish tizimlarining samaradorligi sinovdan oʻtkaziladi.
Missiyaning umumiy rejasi oʻzgarishsiz qolmoqda: Starship V3 orbital parvozni amalga oshirmaydi, uning ikkinchi bosqichi esa Hind okeaniga qoʻndirilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda 12-sinov parvozi uchun moʻljallangan Super Heavy Booster 19 tezlatgichi allaqachon uchirish maydonchasiga yetkazilgan.
Starship — bu SpaceX tomonidan ishlab chiqilayotgan toʻliq qayta foydalaniladigan oʻta ogʻir raketa tizimi hisoblanadi. U yuklar va odamlarni Yer orbitasiga, shuningdek, Oy va Marsga yetkazish uchun maxsus loyihalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!