date

Oq uy NLOlar bo‘yicha maxfiy arxivni e’lon qildi

Oq uy NLOlar bo‘yicha maxfiy arxivni e’lon qildi

Oq uy o‘zining rasmiy saytida «noma’lum anomal hodisalar» (UAP) bo‘yicha 162 ta maxfiy hujjatdan iborat arxivni ommaga taqdim etdi. Ushbu to‘plamdan NASA, FQB va boshqa davlat idoralariga tegishli fotosuratlar hamda turli xil materiallar o‘rin olgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Joriy yilning fevral oyida AQSh prezidenti Donald Trump o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘i orqali tegishli idoralarga o‘zga sayyoraliklar va yerdan tashqari hayot shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan hukumat fayllarini izlash hamda oshkor etish jarayonini boshlash bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan so‘ng, Amerika harbiy idorasi UAP bilan bog‘liq arxivlarni maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni e’lon qildi.

Harbiy idora ta’kidlashicha, e’lon qilingan materiallar hali o‘z yechimini topmagan holatlarga tegishli. Ya’ni, davlat tuzilmalari kuzatilgan hodisalarning tabiati bo‘yicha aniq xulosaga kela olmagan. Hujjatlarning birinchi qismi allaqachon internetga joylashtirildi.

AQSh harbiy idorasi rahbari Pete Hegseth ushbu qadamni «misli ko‘rilmagan shaffoflik» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika xalqi bu materiallar bilan bevosita tanishish huquqiga ega va davlat o‘z fuqarolari oldida ochiq bo‘lishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Oq uy NLOlar bo‘yicha maxfiy arxivni e’lon qildi