Instagram Direct'da maxfiylik: Meta shifrlash tizimidan voz kechdi

1 daqiqa o'qish155
Instagram Direct'da maxfiylik: Meta shifrlash tizimidan voz kechdi

Meta kompaniyasi Instagram Direct shaxsiy xabarlarida qo‘llaniladigan E2EE (skvoznoe shifrlash) texnologiyasini o‘chirib tashladi. Ilgari ushbu funksiyani «maxfiylikning oltin standarti» deb atagan kompaniya, endilikda xodimlar foydalanuvchilarning matnli xabarlari, fotosuratlari va videolariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishini tasdiqladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

2019-yildan buyon «maxfiy kelajak» sari qadam tashlab, Facebook Messenger va Instagram'da shifrlashni joriy etgan Meta, kutilmaganda ushbu siyosatdan qaytdi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ushbu funksiyaga foydalanuvchilar tomonidan talab past bo‘lgan, shu sababli uni majburiy qilishdan voz kechilgan.

Tanqidchilar esa bu qaror ortida boshqa maqsadlar yashiringan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Xususan, xabarlarga kirish imkoniyati Meta'ga reklama tizimlarini takomillashtirish va sun’iy intellekt mahsulotlarini rivojlantirish uchun qimmatli ma’lumotlar bazasini taqdim etadi. Kompaniya esa xabarlar neyrotarmoqlarni o‘qitish uchun ishlatilmasligini da’vo qilmoqda.

Ushbu o‘zgarish jamoatchilikda turlicha qarshi olindi. Bolalar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar shifrlashning yo‘qligi noqonuniy xatti-harakatlarni aniqlashni osonlashtirishini ta’kidlab, qarorni qo‘llab-quvvatladi. Raqamli maxfiylik tarafdorlari esa buni xavfsizlik standartlaridan chekinish va foydalanuvchilar ishonchiga putur yetkazuvchi xavfli signal deb baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?