Eng yaxshi kamerali smartfon: Vivo X500 Pro Max ilk bor ko‘rinish berdi

1 daqiqa o'qish898
Eng yaxshi kamerali smartfon: Vivo X500 Pro Max ilk bor ko‘rinish berdi

Vivo X500 turkumidagi smartfonlar qatori kutilganidan ham kengroq bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. IMEI ma’lumotlar bazasida Vivo X500 Pro Max modelining paydo bo‘lishi, ushbu liniyada Vivo X500e, X500 va X500 Pro modellaridan tashqari to‘rtinchi qurilma ham borligini tasdiqladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Taxminlarga ko‘ra, Vivo X500 Pro Max 2027-yilgacha, ya’ni Vivo X500 Ultra taqdim etilgunga qadar seriyadagi eng ilg‘or smartfon bo‘lib qoladi. Qurilma 6,9 dyuymli 2K AMOLED displey, yangi Dimensity 9600 protsessori hamda 100 Vt quvvatlash imkoniyatiga ega 7000 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Qizig‘i shundaki, kompaniya X400 turkumini butunlay o‘tkazib yuborib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri X500 seriyasiga o‘tishga qaror qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bazaviy Vivo X500 6,37 dyuymli ekranga ega bo‘lsa, X500 Pro modeli 6,83 dyuymli 2K LTPO OLED-panel bilan ta’minlanadi.

Yangi smartfonlarda ekran osti ultratovushli barmoq izi skanerlari saqlanib qoladi, biroq qurilmalarning o‘lchamlari o‘tgan yilgi X300 va X300 Pro modellariga nisbatan biroz kattalashadi. Eslatib o‘tamiz, Vivo X300 Pro hozirda DxOMark reytingida eng yaxshi kamerali smartfonlar orasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?