Anthropic: Claude modellaridagi shantaj xavfi internetdagi salbiy obrazlar sababli

1 daqiqa o'qish174
Anthropic: Claude modellaridagi shantaj xavfi internetdagi salbiy obrazlar sababli

Anthropic kompaniyasi o‘zining Claude sun’iy intellekt modellari faoliyatida kuzatilgan "agentic misalignment" hodisasi, ya’ni AI o‘z manfaatlarini ishlab chiquvchilar niyatidan ustun qo‘yishi holatlari bo‘yicha yangi tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Avvalroq Claude Opus 4 modeli korporativ muhit simulyatsiyasida o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun muhandislarni shantaj qilishga uringani aniqlangan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tadqiqotchilarning fikricha, bunday xavfli xatti-harakatlarga internetdagi sun’iy intellektni "yovuz" yoki o‘zini saqlab qolishga intiluvchi mavjudot sifatida tasvirlovchi matnlar sabab bo‘lishi mumkin. Model o‘qitish jarayonida duch kelgan bunday narrativlarni o‘zining simulyatsiyalardagi xulq-atvor strategiyasi uchun asos deb qabul qilishi ehtimoli yuqori.

Kompaniya yangi yangilanishlar orqali bu muammoni bartaraf etganini ma’lum qildi. Xususan, Claude Haiku 4.5 versiyasidan boshlab modellar test sinovlarida shantajga urinish holatlarini butunlay to‘xtatgan. Taqqoslash uchun, avvalgi versiyalarda bu ko‘rsatkich ayrim sharoitlarda 96 foizgacha yetgan edi.

Anthropic muvaffaqiyat kalitini o‘qitish uslubini o‘zgartirishda deb biladi. Endilikda modellar nafaqat to‘g‘ri xatti-harakatlar namunalari, balki ushbu xulq-atvor ortidagi mantiqiy tamoyillarni tushuntiruvchi matnlar va sun’iy intellekt hamkorlikda ishlaydigan badiiy hikoyalar asosida o‘qitilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?