Samsung Hindistonda qayta tiklangan Galaxy smartfonlarini sotuvga chiqardi

1 daqiqa o'qish154
Samsung Hindistonda qayta tiklangan Galaxy smartfonlarini sotuvga chiqardi

Samsung kompaniyasi Hindistonda "Certified Re-Newed" dasturini ishga tushirdi. Ushbu tashabbus doirasida foydalanuvchilarga rasmiy kafolatga ega boʻlgan, zavod sharoitida qayta tiklangan smartfonlar taklif etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Qurilmalar sotuvga chiqarilishidan oldin Samsungʼning sertifikatlangan korxonalarida sinchkovlik bilan tekshiriladi. Mutaxassislar smartfonlarni tozalash, diagnostika qilish va nosoz qismlarini faqat original butlovchi qismlar bilan almashtirish ishlarini amalga oshiradilar.

Dastur doirasida Galaxy S25 Ultra, Galaxy S25, Galaxy A56 va Galaxy A36 modellari mavjud. Masalan, Galaxy S25 Ultra 256 GB modeli taxminan 1072 dollar, Galaxy A36 esa 256 dollar atrofida baholangan.

Har bir smartfon yangi dasturiy taʼminot va bir yillik rasmiy kafolat bilan taʼminlanadi. Toʻplam tarkibiga original quti, quvvatlash kabeli va SIM-karta uchun maxsus moslama kiritilgan.

Qayta tiklangan qurilmalar hech qanday operatorga bogʻlanmagan holda sotiladi va istalgan mobil aloqa tarmogʻida bemalol ishlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?