NASA Jeff Bezosning 51 600 ta sunʼiy yoʻldoshdan iborat loyihasiga qarshi chiqdi

1 daqiqa o'qish206
NASA Jeff Bezosning 51 600 ta sunʼiy yoʻldoshdan iborat loyihasiga qarshi chiqdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • NASA Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasining 51 600 ta sun'iy yo'ldoshdan iborat ulkan loyihasini litsenziyalash jarayoniga rasman aralashdi.
  • Agentlik AQSh Federal aloqa komissiyasiga norozilik xatini yo'llab, 500 dan 1800 km gacha bo'lgan balandlikda joylashadigan bu qurilmalar kosmik muhit barqarorligi hamda boshqariladigan parvozlarga xavf tug'dirishini bildirdi.

NASA Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasining Sunrise deb nomlangan ulkan loyihasini litsenziyalash jarayoniga rasman aralashdi. Ushbu loyiha 500 dan 1800 km gacha boʻlgan balandlikda 51 600 ta sunʼiy yoʻldoshdan iborat guruhni joylashtirishni koʻzda tutadi. Kompaniya maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini kosmosga koʻchirish orqali hisoblash xarajatlarini keskin kamaytirishni maqsad qilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Biroq NASA ushbu rejani texnik jihatdan yetarli darajada asoslanmagan deb hisoblaydi va uni kosmik muhit barqarorligi uchun xavfli deb atadi. Agentlik AQSh Federal aloqa komissiyasiga (FCC) rasmiy norozilik xatini yoʻllab, sunʼiy yoʻldoshlarning 1800 km balandlikda joylashishi boshqariladigan kosmik parvozlar va ilmiy obyektlar yoʻnalishiga xavf solishini taʼkidladi.

Shuningdek, NASA Blue Origin loyihasida sunʼiy yoʻldoshlarning xizmat muddati tugagach, ularni orbitadan chiqarish tartibi aniq belgilanmaganidan xavotirda. Bu holat kosmik chiqindilarning keskin koʻpayishiga olib kelishi mumkin. Taqqoslash uchun, SpaceX kompaniyasi xalqaro hamjamiyat bosimi ostida Starlink qurilmalarining orbitasini 500 km dan pastroqqa tushirish majburiyatini olgan edi.

Qizigʻi shundaki, avvalroq Amazon kompaniyasi SpaceX kompaniyasining Starcloud loyihasini tanqid qilgan edi. Endilikda esa Blue Origin oʻzining texnik rejalari boʻyicha NASA va boshqa raqobatchilarning tanqidiga uchradi. Shunga qaramay, NASA Blue Origin loyihasida astronomik kuzatuvlarga taʼsirni kamaytirish choralari koʻrilganini ijobiy baholadi.

Endilikda yakuniy qarorni FCC qabul qiladi. Regulyator yo loyihani rad etishi yoki Blue Origin kompaniyasidan sunʼiy yoʻldoshlarning NASA obyektlari bilan muvofiqlashtirilishi va orbitaning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha batafsil texnik maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?