Eron 12 haftadan buyon internetsiz qolmoqda

Eron aholisi 79 kundan buyon global tarmoqqa kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lib qoldi. NetBlocks monitoring xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda internet aloqasi fevral oyining oxiridan boshlab keskin cheklangan va bu holat o‘n ikkinchi haftadirki davom etmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
NetBlocks tahliliy grafiklari shuni ko‘rsatadiki, aloqa sifati pasayganidan so‘ng mamlakatda internet tarmog‘i avvalgi holatiga qaytmagan. Rasman tarmoqda minimal faollik saqlanib qolgan bo‘lsa-da, aholining aksariyat qismi uchun internet amalda yopiqligicha qolmoqda.
Mutaxassislar ushbu holatni ommaviy senzura chorasi deb baholamoqda. Nazorat organlari axborot oqimini cheklash orqali fuqarolarning ijtimoiy faolligini pasaytirishga va ularni mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga nisbatan shunchaki kuzatuvchi maqomiga tushirishga urinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!