Figma oʻzining dizayn platformasiga sunʼiy intellekt agentini qoʻshdi

1 daqiqa o'qish190
Figma oʻzining dizayn platformasiga sunʼiy intellekt agentini qoʻshdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Figma kompaniyasi o'zining hamkorlikdagi kanvasida ishlaydigan yangi sun'iy intellekt agentini taqdim etdi.
  • Ushbu agent foydalanuvchilarga oddiy matnli buyruqlar orqali yangi dizaynlar yaratish, ularni tahrirlash yoki avtomatik generatsiya qilish imkoniyatini beradi.
  • Figma bosh dizayn direktori Loredana Crisan'ning so'zlariga ko'ra, yangi yordamchi jamoalarga zerikarli ishlarga vaqt sarflamasdan, g'oyalarni vizuallashtirishga e'tibor qaratishga yordam beradi.

Oxirgi oylarda Figma kompaniyasi OpenAI va Anthropic bilan hamkorlik oʻrnatib, foydalanuvchilarga dizayn dasturi bilan birga Claude Code va Codex kabi kodlash muhitlaridan foydalanish imkoniyatini yaratgan edi. Endilikda kompaniya oʻzining hamkorlikdagi kanvasida ishlaydigan yangi sunʼiy intellekt agentini taqdim etdi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Figma maʼlumotlariga koʻra, foydalanuvchilar oddiy matnli buyruqlar yordamida yangi dizaynlar yaratish, mavjudlarini tahrirlash yoki dizayn variantlarini avtomatik generatsiya qilish kabi vazifalarni bajarishi mumkin. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida turli vazifalar bilan shugʻullanuvchi bir nechta agentlarni ishga tushirish imkoniyati ham mavjud.

Kompaniya ushbu AI yordamchisi dizayn konteksti va elementlarini yaxshi tushunishini taʼkidlamoqda, chunki u aynan dizayn sohasiga moslashtirilgan AI modellari asosida ishlaydi. Figma bosh dizayn direktori Loredana Crisan’ning soʻzlariga koʻra, jamoalar endi zerikarli va takrorlanuvchi ishlarga vaqt sarflamasdan, gʻoyalarni vizuallashtirish va konseptlarni takomillashtirishga koʻproq eʼtibor qaratishlari mumkin.

Yangi agent dastlab Figma Design platformasida ishga tushiriladi va kelajakda kompaniyaning boshqa mahsulotlariga ham tatbiq etiladi. Figma vaqt oʻtishi bilan oʻz ilovalarida dizayn va kodni bir-biriga yanada yaqinlashtirishni maqsad qilgan. Canva va Adobe kabi raqobatchilarning bosimiga qaramay, kompaniya moliyaviy jihatdan oʻsishda davom etmoqda.

Sunʼiy intellekt dizaynerlar ishini egallab olishi haqidagi xavotirlarga qaramay, Figma 2026-yilning birinchi choragida 333,4 million dollar daromad koʻrganini maʼlum qildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 46 foizga koʻpdir. Kompaniya oʻtgan yili Weavy vositasini sotib olgan va oʻz mahsulotlariga yangi tasvir tahrirlash funksiyalarini qoʻshgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?