Kadr ortidan quvgan sayyoh bizonning hujumiga uchradi (video)

Kadr ortidan quvgan sayyoh bizonning hujumiga uchradi (video)

AQSHdagi Yellowstone milliy bog‘ida suratga olish ishtiyoqi kutilmagan hodisaga sabab bo‘ldi. G‘azablangan bizon unga juda yaqinlashgan sayyohga hujum qilib, shoxi bilan taxminan 2,5 metr balandlikka irg‘itib yuborgan.

Hodisa Bridge Bay lager hududida sodir bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, voqeadan so‘ng atrofdagilar darhol jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatib, tez yordam chaqirishgan. Sayyoh og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda qisqa vaqt ichida keng tarqalib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar yovvoyi hayvonlarga haddan tashqari yaqinlashish xavfli ekanini ta’kidlab, milliy bog‘lardagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar