Toshkentliklar ogohlantirildi: jazirama elektr ta’minotiga ta’sir qilishi mumkin

Toshkent shahrida kuzatilayotgan kuchli issiq havo tufayli elektr energiyasi iste’moli keskin oshishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan ayrim hududlarda qisqa muddatli elektr ta’minotida uzilishlar yoki avariyaviy o‘chirishlar yuz berishi mumkin. Bu haqda «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali ma’lum qildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yuqori harorat fonida elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklama sezilarli darajada ortib, uskunalarning ishlash jarayoniga qo‘shimcha bosim yuzaga keltirishi mumkin.
Shu bois elektr tarmoqlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash, ehtimoliy nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar kuchaytirilgan.
Energetika tizimi vakillari aholidan elektr energiyasidan tejamkor va oqilona foydalanishni so‘rab, ehtimoliy vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan munosabatda bo‘lishni iltimos qildi.
Ma’lum qilinishicha, kuchli yuklama davrida tarmoqlar barqarorligini saqlab qolish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.






























Izohlar 0
…