« Bo‘lajak xotinimni urish uchun mashq qilyapman»: sportchiga yirik jarima solindi

« Bo‘lajak xotinimni urish uchun mashq qilyapman»: sportchiga yirik jarima solindi
Qisqacha

Ijtimoiy tarmoqda bo'lajak xotiniga nisbatan zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi video joylagan sportchiga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo'llanildi. Joriy yilning 26 iyul kuni «Nemolchi» loyihasi rahbari Irina Matviyenko ichki ishlar organlariga murojaat qilib, «Salax» taxallusi bilan tanilgan sportchining holatiga huquqiy baho berishni so'ragan. 27 iyul kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Mirobod tuman sudida mazkur ma'muriy ish ko'rib chiqilib, sportchi o'z aybini tan oldi.

Ijtimoiy tarmoqda bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga nisbatan zo‘ravonlikni hazil tarzida targ‘ib qiluvchi video joylashtirgan sportchiga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 iyul kuni «Nemolchi» loyihasi rahbari Irina Matviyenko ichki ishlar organlariga murojaat qilib, «Salax» taxallusi bilan tanilgan sportchi Instagram sahifasida zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi videoni e’lon qilganini bildirgan va holatga huquqiy baho berishni so‘ragan.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, sportchi mashg‘ulot jarayoni aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylab, unga: «Kelajakda xotinim faqat aniq zarbalarni qabul qilishi uchun mashq qilyapman», mazmunida izoh qoldirgan.

Vakolatli idoralar ushbu postni tazyiq va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi kontent sifatida baholagan.

27 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida mazkur ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Sud majlisida sportchi o‘z aybini tan olgan, qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, suddan yengillik berishni so‘ragan.

Sud qaroriga ko‘ra, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasi — tazyiq, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish yoki namoyish etish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Natijada sportchiga bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravariga teng — 24 million 720 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar