Apple va OpenAI oʻrtasidagi sud mojarosi keskinlashdi

Apple OpenAI kompaniyasiga qarshi sud jarayonini kuchaytirib, texnologiyalari va tijorat sirlari noqonuniy o'zlashtirilgani haqidagi da'volar asosida dastlabki taqiq kiritilishini talab qilmoqda. Yangi sud hujjatlarida Chang Liu, Tang Yew Tan, OpenAI fondi hamda Jony Ive asos solgan io qurilmalari startapi bo'yicha tezkor tergov o'tkazish so'ralgan, tekshiruvlarda yana 11 nafar sobiq Apple xodimi ishga aloqador yoki guvoh bo'lishi mumkinligi aniqlangan.
Apple kompaniyasi sunʼiy intellekt sohasidagi yetakchilardan biri boʻlgan OpenAIʼga nisbatan sud jarayonini yanada kuchaytirib, dastlabki taqiq kiritilishini talab qilmoqda. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, bu qadam iPhone ishlab chiqaruvchining texnologiyalari va tijorat sirlari noqonuniy oʻzlashtirilgani haqidagi daʼvolar fonida tashlanmoqda. Kompaniya mazkur sud ishida sobiq xodimlarning ishtiroki koʻlami avval oʻylanganidan ham kengroq boʻlishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Yangi sud hujjatlariga koʻra, Apple aybllanayotgan sobiq xodimlar — katta tizim muhandisi Chang Liu va bosh apparat taʼminoti direktori Tang Yew Tan, shuningdek, OpenAI fondi hamda Appleʼning sobiq bosh dizayneri Jony Ive tomonidan asos solingan io qurilmalar стартаpi boʻyicha tezkor tergov harakatlarini oʻtkazishni soʻramoqda. Tekshiruvlar natijasida yana 11 nafar sobiq Apple xodimi ushbu ishga aloqador boʻlishi yoki guvoh sifatida qatnashgani aniqlangan.
Yangi dalillar va oshkor boʻlgan tafsilotlar
Mazkur huquqiy nizo Apple oʻzining intellektual mulkini himoya qilishda yangi dalillarga ega boʻlganidan dalolat beradi. Taqdim etilgan materiallarda keltirilishicha, kompaniyaning yana bir sobiq xodimi OpenAIʼdagi suhbatdan oldin Chang Liu va Yu-Ting Peng bilan uchrashib, eʼlon qilinmagan mahsulotlarga oid maxfiy maʼlumotlarni muhokama qilgan. Shuningdek, boshqa bir xodim OpenAIʼga oʻtishidan oldin maxfiy hujjatlarning skrinshotlarini saqlab olgani aniqlangan.Bundan tashqari, Apple daʼvo qilishicha, sudga murojaat qilinganidan keyin OpenAIʼda ishlayotgan bir nechta sobiq xodimlar kompaniyadan ketish vaqtida oʻzlari bilan olib ketgan ish qurilmalarini qaytarish masalasida aloqaga chiqqan. Ushbu holatlar huquq-tartibot idoralarini intellektual mulk oʻgʻirlanishi ortida yanada koʻproq shaxslar turganiga gumon qilishga undamoqda.
OpenAIʼning rasmiy munosabati
Oʻz navbatida, OpenAI kompaniyasi Appleʼning daʼvolarini va dastlabki taqiq kiritish boʻyicha talabini keskin rad etdi. OpenAI bayonotida taʼkidlanishicha, taqiq soʻrovi yolgʻon maʼlumotlarga asoslangan boʻlib, mutlaqo asossizdir, chunki kompaniya Appleʼning hech qanday tijorat sirlariga ega boʻlishni istamaydi va ulardan foydalanmaydi.Sunʼiy intellekt modeli yaratuvchilari oʻz eʼtiborini ilgʻor texnologiyalar va yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga qaratganini taʼkidlab, Apple ilgari yoʻl qoʻygan xatolarga ham eʼtibor qaratdi. Jumladan, OpenAIʼning taʼkidlashicha, Apple oʻz xavfsizlik qoidalarining yetarli darajada emasligi tufayli sobiq xodimlarning tizimga kirish imkoniyatini saqlab qolganini tan olishdan bosh tortgan va aloqa jarayonida turli xatoliklarga yoʻl qoʻygan.






























Izohlar 0
…