BMW yangi avlod X5 avtomobilining chiqindilarini 40 foizga kamaytirdi

BMW yangi X5 modelini yaratish jarayonida CO2 ekvivalenti chiqindilarini 40 foizga kamaytirdi. Bu ko'rsatkich Germaniya Texnik nazorat assotsiatsiyasi tomonidan rasman tasdiqlangan, avtomobilning umumiy uglerod izi esa rasmiy taqdimotdan so'ng e'lon qilinadi. Krossover korpusida ishlatiladigan po'latning yarmiga yaqini elektr yoy pechlarida qayta ishlanadi, eshiklar alyuminiyining 35 foizi esa ikkilamchi manbalardan olinadi.
Zamonaviy avtomobilsozlik sanoatida ekologik tozalik tushunchasi faqatgina harakatlanish vaqtida ajralib chiqadigan gazlarni kamaytirish yoki qayta ishlangan plastmassadan o‘rindiq qoplamalarini tayyorlash bilangina cheklanib qolmaydi. Ushbu jarayon mashinani ishlab chiqarishdan tortib, uni utilizatsiya qilishgacha bo‘lgan butun boshli hayotiy siklni o‘z ichiga oladi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, nemis avtogiganti BMW o‘zining mashhur BMW X5 krossoveri misolida ishlab chiqarish jarayonini tubdan dekarbonizatsiya qilish orqali uglerod izini sezilarli darajada qisqartirishga erishdi. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.
Avtomobilning to‘liq hayotiy siklidagi CO2 taʼsirini baholash o‘nlab yillar davomida muhandislar va tadqiqotchilar uchun murakkab vazifa bo‘lib kelgan. Bugungi kunga kelib, maxsus maʼlumotlar bazalari yangi avtomobilning atrof-muhitga taʼsirini raqamlarda aniq ko‘rsatish imkonini bermoqda. BMW kompaniyasi yangi X5 modelini yaratish jarayonida CO2 ekvivalenti chiqindilarini naq 40 foizga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich Germaniya Texnik nazorat assotsiatsiyasi tomonidan rasman tasdiqlangan bo‘lib, mashinaning umumiy uglerod izi uning rasmiy taqdimotidan so‘ng eʼlon qilinadi.
Qayta tiklanadigan energiya va ikkilamchi xomashyo
Ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga yuklamani kamaytirish maqsadida BMW muhandislari ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashdi. Xususan, krossover korpusini tayyorlashda ishlatiladigan po‘latning yarmiga yaqini elektr yoy pechlarida qayta ishlanadi. Ushbu po‘lat yuqori ulushdagi ikkilamchi materiallarni o‘z ichiga olib, to‘liq qayta tiklanadigan energiya manbalari yordamida ishlab chiqariladi.Shuningdek, avtomobil tuzilishi va uning interyerida ikkilamchi materiallardan keng foydalanilgan. G‘ildirak disklari, osma qismlari, orqa o‘q tirgaklari va tormoz supputlari kabi og‘ir va masʼuliyatli qismlar elektroliz hamda ishlab chiqarish jarayonida faqat qayta tiklanadigan energiyadan foydalangan holda tayyorlanadi. Eshiklarni yasashda ishlatiladigan alyuminiyning o‘ttiz besh foizi tashqi manbalardan yoki shtamplash tsexidagi chiqindilarni qayta aylanishga kiritish orqali olingan.
Innovatsion batareyalar va salon qoplamasi
- Kabina shiftini qoplash uchun ishlatiladigan ip 100 foiz qayta ishlangan polietilen tereftalatdan (PET) tayyorlangan.
- iX5 60 xDrive modeli umumiy massasining uchdan bir qismi (940 kg) ikkilamchi xomashyodan tashkil topgan.
- BMW kompaniyasining oltinchi avlod batareyalari kobalt, litiy va nikel tarkibida yuqori miqdordagi qayta ishlangan materiallarni o‘z ichiga oladi.
- Anod va katod materiallarini hamda akkumulyator elementlarini ishlab chiqarishda to‘liq qayta tiklanadigan energiya ishlatiladi.































Izohlar 0
…