Google DeepMind sunʼiy intellekti xavfli uraplarni bir kun oldin bashorat qila boshladi

Google DeepMind va Google Research mutaxassislari ishlab chiqqan WeatherNext modeli tropik siklonlarni an'anaviy modellarga qaraganda o'rtacha bir sutka oldinroq aniq bashorat qilmoqda. 2025-yilning oktyabr oyida «Melissa» uragani misolida tizim bo'ron quruqlikka chiqishidan besh kun oldin uning Yamayka tomon yo'nalishi va beshinchi darajagacha kuchayishini 80 foizlik ehtimol bilan prognoz qilgan.
Google DeepMind va Google Research mutaxassislari tropik siklonlarning rivojlanishini anʼanaviy modellarga qaraganda oʻrtacha bir sutka oldinroq aniq bashorat qilish imkoniyatini beruvchi WeatherNext nomli sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqdilar. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur texnologiya meteoroloblarni ham hayratda qoldirdi va uning uch kunlik prognozi odatiy ikki kunlik tahlillar bilan bir xil aniqlikni koʻrsatdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi ishlanmaning imkoniyatlari 2025-yilning oktyabr oyida sodir boʻlgan «Melissa» uragani misolida yaqqol namoyon boʻldi. Boʻron quruqlikka chiqishidan naqd besh kun oldin WeatherNext tizimi 80 foizlik ehtimollik bilan uning Yamayka tomon yoʻnalishi va eng yuqori — beshinchi darajagacha kuchayishini oldindan aytib bergan edi. Oqibatda tabiiy ofat haqiqatan ham kuchli suv toshqinlari va koʻchkilar bilan birga hududga yopirildi. Bunday muddatdan oldingi aniq ogohlantirish masʼul xizmatlarga aholini evakuatsiya qilish, zaxiralar yaratish hamda zarur resurslarni oʻz vaqtida safarbar etish uchun qoʻshimcha imkoniyat taqdim etdi.
Texnologiyaning oʻziga xos xususiyatlari
Tropik siklonlarning ham harakat траyektoriyasini, ham intensivligini bir vaqtning oʻzida oldindan aytish meteorologiyadagi eng murakkab vazifalardan biri sanaladi. Harakat yoʻnalishi global jarayonlarga, xususan, atmosfera frontlari va shamollarga bogʻliq boʻlsa, uragning kuchi okean va atmosferadagi lokal sharoitlarga tayanadi. Avvalgi sunʼiy intellekt modellari trayektoriyani aniqlashda yaxshi natija koʻrsatgani bilan, kuchni bashorat qilishda qiynalardi.WeatherNext modeli faqat siklonlar haqidagi cheklangan maʼlumotlar asosida emas, balki oddiy meteorologik kuzatuvlarning ulkan massivida oʻqitildi. Bu yondashuv tizimga bir vaqtning oʻzida umumiy ob-havoni bashorat qilish va tropik siklonlar evolyutsiyasini oʻrganish imkonini berdi. Tadqiqotchilarni eng koʻp ajablantirgani shundaki, model anʼanaviy tizimlardan farqli oʻlaroq, nisbatan past aniqlikdagi atmosfera maʼlumotlaridan foydalangan holda ham yuqori natija koʻrsatdi.
Ssenariylar yaratish va kelgusi rejillar
Shuningdek, WeatherNext bitta qatʼiy prognoz oʻrniga, boʻronning rivojlanishi boʻyicha yuzlab yoki minglab ehtimoliy ssenariylarni hosil qiladi. Dastlabki kichik oʻzgarishlar vaqt oʻtishi bilan butunlay boshqacha natijalarga olib kelishini hisobga oluvchi bu yondashuv doirasida model oʻtgan yili bitta boʻron uchun 50 ta ssenariy tuzgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 1000 taga yetkazildi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mavjud hisoblash resurslari yordamida anʼanaviy raqamli modellar orqali buncha miqdordagi variantlarni olish juda qiyin.AQSh Milliy uraganlarni kuzatish markazi sunʼiy intellekt mutaxassislarning oʻrnini toʻla bosmasligini, balki faqat yordamchi vosita ekanini taʼkidlaydi. Shu bilan birga, Google DeepMind ilmiy hamjamiyat uchun mavsumiy uraganlar bashoratida qoʻllanilgan WeatherNext modellarining dastlabki kodlarini ochiq eʼlon qildi. Bu boshqa olimlarga tizimning yuqori aniqlik sirlarini oʻrganish hamda atmosferadagi qonuniyatlarni chuqurroq tushunish imkonini berishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…