
Beeline Samarqand viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Samarqand shahrida, shuningdek Jizzax, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand va To‘yloq tumanlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.
“Tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi, abonentlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovasiya – doimiy ravishda amalga oshirilayotgan vazifalarimizdan biri, bu kompaniyaning kelajagiga qo‘shayotgan xissamiz va uning etakchiligi garovidir, – deydi Unitel‘ning Markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov. – Mijozlarning ishonchi – har qanday biznesning asosiy qiymatidir, aloqa sifatini yaxshilash uchun barcha kuchimizni birlashtirgan holda, uni oqlashga harakat qilamiz”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar