Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida mis-tilla rangli iPhone 8 modelining qaysi nomda atalishiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra Apple mazkur talqindagi ayfonga "Blush Gold", ya’ni "qizg‘ish-tilla rang iPhone" deb nom qo‘ygan.
«Foxconn zavodida yangi iPhone 8 «qizg‘ish-tilla rang» nomi bilan ataladi», — deb yozadi insayder Benjamin Geskin (Benjamin Geskin).
Shuningdek, ekspertning fikricha, yangi rangdagi iPhone faqatgina 64 Gb va 128 Gb doimiy xotiraga ega talqinlarda ishlab chiqariladi. Apple'ning bu talqinda nega 256 gigabaytli doimiy xotirali model ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yishining sababi hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Apple sentyabrda iPhone 7s va iPhone 7s Plus, shuningdek 10 yillikka bag‘ishlangan to‘yona ayfon -- iPhone 8'ni taqdim qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, iPhone 8 Apple'ning OLED-displeyli, romdan xoli, qiyofani taniydigan va boshqa jihatlarga ega ilk smartfoni bo‘ladi.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi