
Fransiyaning taniqli sanoat dizayneri, jahonning ilk romsiz flagmani bo‘lgan Mi Mix muallifi Filipp Stark Xiaomi Mi Mix 2 - ikkinchi avlod romsiz smartfonining konsepsiyasi aks etgan videoni Facebook tarmog‘idagi sahifasida "to‘satdan" e’lon qildi.





Unda aks etishicha, displey yonlaridagi romlar yanada yupqalashib, old panel quyisidagi rom ham qisqargan. Old panel yuqori qismida esa rom umuman yo‘q.
Bu videoni siz ham tomosha qiling.
«Menda yaratuvchanlikka xos ruhiy kasallik mavjud», deb yozadi Filipp Stark. Bu kasallik Xiaomi Mi MIX 2'ning taqdiriga qanchalik ta’sir qilishini taqdimotda ko‘ramiz.
Smartfon ko‘rinishi taassurotli. Bir jihatdan bu dizayn Samsung Galaxy S8 flagmanini ham eslatib yuboradi. Agar Xiaomi bu flagmanni xuddi shu ko‘rinishda ishlab chiqara olsa, kompaniya uchun navbatdagi yutuq bo‘ladi.
Manba: Terabayt.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar