Beeline Club va American Pizza Facebook tarmog‘idagi tanlov natijalarini e’lon qildilar

Beeline American Pizza restorani bilan hamkorlikda Beeline Club sahifasining foydalanuvchilari uchun tanlov natijalarini e’lon qildi. Tanlov natijalariga ko‘ra uch g‘olib aniqlandi – Dilnoza Maxmudova, Nigina Umka va Violetta Antonenko, va ular American Pizza‘dan sovrinlarni qo‘lga kiritdilar.
G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlandi. Natijalar skrinshoti www.facebook.com/beelineclub sahifasida chop etildi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun Beeline Club sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Tanlovada g‘olib bo‘lishni istayman!” deb yozish lozim edi.
Facebook‘dagi Beeline Club sahifasi Beeline kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun Beeline xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga Gold kartasi, 3000 ball evaziga esa Platinum kartasini qo‘lga kiritish mumkin.
Beeline‘ning Beeline Club‘ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beelineclub sahifasida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing