Amerikaning Facebook Inc. korporatsiyasi Rossiya kompaniyasidan facebook.ru domenini berishni talab qildi. 2005 yildan bu domen "Zolotaya korona" to‘lov tizimining bosh tuzilmasi - Moliyaviy texnologiyalar markazi (MTM)ga tegishli, yaqin vaqtdan boshlab facebook.ru saytidan to‘lov tizimi saytiga avtomatik qayta yo‘naltirish jarayoni kechmoqda. Bunday vaziyat Facebook Inc'ni mutlaqo qoniqtirmaydi: korporatsiya MTMdan 30 sentyabrga qadar facebook savdo belgisidan foydalanishdan voz kechishni talab qildi.
Facebook Rossiya Fuqarolik kodeksining 1515-moddasiga tayanmoqda, unga muvofiq begona savdo belgisidan foydalanganlik uchun 5 million rubl kompensatsiya yoki undan foydalanish uchun litsenziyaning ikki karra summasini undirish ko‘zda tutilgan.
Shu tariqa Facebook korporatsiyasi 30 sentyabrgacha facebook.ru domenini unga berishni, 6 sentyabrgacha esa da’voning ko‘rib chiqish natijalari haqida ma’lumot berishni talab qilmoqda.
MTM matbuot xizmatida "Kommersant"ga ma’lum qilinishicha, domen 2005 yilda qo‘lga kiritilgan, Rossiyada esa Facebook bundan uch yil keyin paydo bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, so‘nggi 12 yilda Amerika korporatsiyasi tomonidan birorta da’vo xati kelmagan. Kompaniyada shuningdek murojaat yuristlar tomonidan o‘rganib chiqilayotgani ma’lum qilingan.
4 sentyabr holatiga ko‘ra, facebook.ru domeni to‘lov tizimi saytiga avtomatik ravishda qayta yo‘naltirishda davom etmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi