19:07 / 27.10.2017
4 875

Turin politexnika o‘quvchilari chim o‘radigan robot ixtiro qilishdi

Turin politexnika o‘quvchilari chim o‘radigan robot ixtiro qilishdi
Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat guruh yarim avtonom holatda ishlaydigan robot yaratdi. Bu robot chim o‘rishga mo‘ljallangan.

Mulohaza.uz xabarida aytilishicha, avtorobotga litiy-ion akkumlyatori o‘rnatilgan va u ikki soat davomida chimni o‘rish ishlarini bajaradi. Bundan tashqari robotni android telefoningizga ulangan dastur orqali boshqarish mumkin bo‘ladi.

– Robot muayyan belgilangan hududda tozalash ishlarini olib boradi – deydi universitet ilmiy xodimi Davron Hamidov – o‘rilgan chim maxsus qopchaga yig‘iladi va to‘lgach robotning o‘zi uni avtomatik ravishda bo‘shatib, o‘rish ishlarini davom ettiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)