Bir yil avval Fastbrick Robotics kompaniyasi o‘zining yangi g‘isht taxlovchi roboti Hadrian X haqidagi videosini namoyish qilgandi. Robotning ishlash tamoyili 3D-printerni yodga soladi, faqat robot maxsus bosmadan chiqaruvchi aralashma o‘rniga g‘ishtlardan foydalanadi va ularni oldindan belgilangan dastur asosida teradi. Robot ancha muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi hamda o‘tgan yili kompaniyaga salmoqli mablag‘ kiritgan buyurtmachilar va sarmoyachilar e’tiborini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z aksiyalarini birjaga qo‘yib, 35 million dollarga yaqin pul to‘plashning uddasidan chiqdi.
Har biri 0,19 dollarlik jami 184 210 526 aksiya joylandi. Hozir aksiyalar narxi oshmoqda va endi ularning narxi 0,215 dollarni tashkil qilmoqda. Kompaniya o‘z muvaffaqiyatidan mamnun, robotni esa yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, barcha frontlar bo‘ylab ilgari surishda davom etishmoqda. Sotuvlar borasida Caterpillar ko‘mak bermoqda. Bundan tashqari, kompaniya Fastbrick'ga 2 million dollar kiritdi va kelgusida yana 6 million dollar yo‘naltirishga va’da berdi.
G‘isht taxlovchi robot shu qadar samarali bo‘lib chiqdiki, undan Saudiya Arabistonida uylar qurishda foydalanishmoqchi. Qirollik hukumati va kompaniya vakillari o‘rtasidagi dastlabki kelishuvlarga muvofiq, 2022 yilga borib Hadrian X robotlari kamida 50 ming yangi uy qurishi mumkin.
Hozir, kompaniya mablag‘ga ega bo‘lgan bir paytda ishlab chiqaruvchilar mavjud prototiplar sinovlari va takomillashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratishmoqda. Manbaga ko‘ra, robotlar sotuvi 2019 yilda boshlanib, bir robot bahosi 2 million dollar etib belgilangan. Hadrian X'ga inson yordamining deyarli keragi yo‘q. U soatiga 1000 g‘ishtni taxlab, kunu tun ishlay oladi. Bu esa ikki kishilik brigadaning kundalik normasini tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi