Janubiy koreyalik texnogigantning navbatdagi flagmanlari – «Galaxy S9» hamda uning «plyusli» talqini taqdimotigacha hali bir yarim oydan oshiq vaqt bor. Bu devayslarni «MWC-2018» tadbirida namoyish etishmoqchi, savdoga esa undan ham keyin chiqariladi. Ammo xitoyliklar allaqachon uni xarid qilish imkoniga egadirlar.
Har holda, Xitoy onlayn savdo maydonchalaridan biridagi e’londa shunaqa deyilmoqda. Tag‘in, bu do‘konda mazkur ilg‘or flagmanning narxi ham atigi 688 yuanga teng, ya’ni taxminan 106 dollar atrofida!
Tabiiyki, xayolingizga kelgan birinchi fikr – «Bu qalbaki smartfon». Biz ham shunday fikrdamiz, lekin sotuvchi hatto mazkur tovarining qisqa videosini ham joylagan. Unda «Samsung Galaxy S9+» flagmaniga aynan o‘xshash qo‘shaloq asosiy kamerali smartfon har tomonidan ko‘rsatilgan.
«Osmon osti saltanati»dagi bu savdogar, «Samsung Galaxy S9+» smartfonini arzimagan pulga taklif qilar ekan, elektrotexnikaga tushunmaydigan va tajribasiz xaridorlarni «qarmoqqa ilintirish»ni ko‘zlagani aniq. Hatto savdoga qo‘yilgan ushbu smartfonga «Galaxy S9+» flagmani nomi tushirilgan oboylar ham o‘rnatilgan.
Bu holat yangilik emas, zero, xitoyliklar bu borada ustasi farang bo‘lib ketishgan. Shuningdek, xitoyliklarning o‘zlari ham bunga qiziqishadi – hali rasmiy taqdimoti o‘tkazilmagan mashhur gadjetlarning klonlari mahalliy aholi orasida juda ommalashadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas