
Beeline Daniyada rouming geografiyasi kengaygani haqida xabar beradi. Hi3G kompaniyasi bilan imzolangan shartnomalar natijasida, Beeline abonentlari Daniya hududida CAMEL-rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL -rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar - jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.
Beeline roumingi haqida qo‘shimcha ma’lumotni, shuningdek uni yoqtirish uslublari haqida www.beeline.uz sayti orqali, 0611 bepul raqami orqali, shuningdek Beeline‘ning yaqin oradagi ofislaridan olish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar