date
views 11 342

Yangi Galaxy S9’ning narxi qancha turishi ma’lum qilindi

Янги Galaxy S9’нинг нархи қанча туриши маълум қилинди
Samsung’ning yangi Galaxy S9 flagman smartfoni avvalgi model – Galaxy S8’dan biroz qimmatroq turadi, deb yozmoqda Kun nashri Janubiy Koreyaning ETNews nashri xabariga asosan.

Janubiy Koreyada yangi gadjet narxi 890-935 dollar atrofida bo‘ladi. Avvalgi model esa 875 dollar turgan.

Avvalroq internetda Galaxy S9 va S9 Plus’ning old qismi suratlari paydo bo‘lgandi.

Galaxy S9 va S9 Plus

Suratlardan ikki smartfon ham o‘xshash dizaynga egaligini ko‘rish mumkin: tomonlari 18:9 nisbatda bo‘lgan hoshiyasiz Infinity Display, sensorlar va selfi uchun kameralar to‘plami, smartfonni blokdan biometrik chiqarish, Home tugmasining yo‘qligi. Qurilmalar Super AMOLED displeyining o‘lchami bilan farq qiladi: S9 5,8 dyuymli, S9+ esa 6,2 dyuymli ekran bilan jihozlangan.

Samsung yangi smartfonlarini Barselonada o‘tuvchi Mobile World Congress ko‘rgazmasi boshlanishidan bir kun avval – 25 fevralda taqdim qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi Galaxy S9’ning narxi qancha turishi ma’lum qilindi